Zaytun yog‘i azaldan sog‘liq va go‘zallikning koni bo‘lib hisoblangan. Bu yog‘ni tabiiy universal kosmetik vosita deb hisoblash odat tusiga kirib qolgan.

Foto: “Hairsave.ru”

Uni mo‘jizali yog‘ deyishadi, chunki u haqiqatan ham yashashni yengillashtiradi. Zaytun yog‘idan nafaqat salatlar va tushliklarga qo‘shishda, balki kosmetik vositalar sifatida ham foydalanish mumkin.

Sochlarni parvarishlash uchun

Zaytun yog‘i ko‘pchilik Gollivud yulduzlari uchun sochlarni parvarish qilishda yordam beruvchi sevimli vosita hisoblanadi. U sochlarga ularning sog‘lig‘i va o‘sishi uchun zarur bo‘lgan ozuqaviy moddalar yetkazib beradi, bosh terisi va soch follikulalarining yetarlicha namlanishini, oziqlanishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, yog‘ bosh terisining qichishishi va quruqligini bartaraf qilishga yordam beradi. Hatto yog‘ni bir marta qo‘llashdan keyin sochlar ko‘z oldimizda o‘zgara boshlaydi: to‘yingan, egiluvchan va yarqiragan holatga kelib qoladi. Yog‘ni bosh terisiga ham, sochning butun uzunligi bo‘ylab ham surish mumkin.

Sochlarni parvarish qilishda muntazam ravishda zaytun yog‘idan foydalanish ularning to‘kilishini to‘xtatadi, qichishish va qazg‘oqni yo‘qotadi, uchlari “gullashi”ning oldini oladi, hajm va yaltiroqlik qo‘shadi.

Teri uchun

Zaytun yog‘i yuz terisini parvarish qilishda keng qo‘llaniladi. Bu mahsulot deyarli hech qachon allergiya chaqirmaydi, shuning uchun uni bemalol ta’sirchan terilarni parvarish qilishda ham ishlatish mumkin. U ajoyib tarzda terining quruqligini bartaraf etadi, shu bilan birgalikda namlaydi va oziqlantiradi.

Zaytun yog‘i nafaqat yuz uchun oziqlantiruvchi vosita, balki u makiyajni tozalovchi vosita sifatida ham ishlatiladi. Yog‘ ortiqcha kosmetikani juda yaxshi ketkazadi, shuningdek yuz terisini ham tozalaydi.

Manba: “Hairsave.ru”