AQSh ma’muriyati Yaponiya va Janubiy Koreyaga katta partiyada yuqori texnologik qurol-yarog‘larning yetkazib berilishi ma’qulladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
“Yaponiya va Janubiy Koreyaga AQShdan ko‘proq yuqori texnologik harbiy texnika sotib olishga ruxsat beraman”, — deb yozdi Tramp.
4-sentabr kuni Vashington mazkur kelishuvning amalga oshishiga rozilik bergani ma’lum bo‘lgan edi. Kelishuv milliardlab dollarga baholanmoqda.
Bundan tashqari, Janubiy Koreyaning raketalarining harbiy yukiga o‘rnatilgan cheklovlarni bekor qilish taklifi ma’qullandi. KXDR tomonidan o‘tkazilayotgan raketa sinovlari tufayli mintaqada shunday choralar ko‘rilmoqda.
Izoh (0)