Rossiyaning Tver viloyatida to‘qqiz kishini o‘ldirgan Sergey Yegorov 5-sentabr kuni sud eshituvida aybini tan oldi va uzr so‘radi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Bunday yaramasga kechirim yo‘q, lekin baribir uzr so‘rayman. Jazo olishga tayyorman. Agar xohlasangiz, prezidentdan o‘lim jazosini qaytarishni so‘rang, e’tirozim yo‘q”, — dedi Yegorov.
45 yoshli “tverlik mergan” dala hovlilar zonasida to‘qqiz kishini otib o‘ldirishda ayblanmoqda.
Izoh (0)