Tojikistonda O‘zbekiston Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi “O‘ztreyd” kompaniyasi bilan hamkorlikda jamg‘armaning vakolatxonasini, shuningdek, “O‘ztreyd Tojikiston savdo uyi” MChJni ochmoqda. Bu haqda “Daryo”ga jamg‘arma vakillari ma’lum qildi.
“Tojikistonlik hamkorlarimiz bilan olib borilgan muzokaralar natijasida qurilish materiallari, issiqlik izolyatsiyalovchi materiallar, alyumin folgali shisha tolalari, quruq qurilish aralashmalari, bo‘yoq va lok-bo‘yoq mahsulotlarini yetkazib berish haqida shartnoma imzolandi”, — deyiladi xabarnomada.
Shartnomaning umumiy qiymati 1 million dollarni tashkil qiladi.
Shu bilan birgalikda, yetkazib berilayotgan mahsulotlar turini kengaytirish maqsadida Tojikistonning tayyor to‘qimachilik mahsuloti, kir yuvish sovuni, tayyor gips mahsulotlari, quvurlar va xususiy tadbirkorlikning boshqa mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha hamkorlar bilan o‘zaro muzokaralar olib borilmoqda.
Izoh (0)