O‘zbekiston milliy terma jamoasining Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlari uchun chaqiruv olgan himoyachi Akmal Shorahmedov kecha — 4-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan rasmiy mashg‘ulotdan so‘ng terma lagerini tark etgan. Bu haqda “Championat.asia” nashri xabar berdi.
Shorahmedov Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi. To‘rt yil avval aynan uning avtogoli Seulda O‘zbekiston termasi uchun qimmatga tushib, Janubiy Koreya Jahon Chempionatiga yo‘l olgan, O‘zbekiston esa pley-offda o‘ynaydigan bo‘lgandi.
Akmal Shorahmedovning o‘rniga bugun katta ehtimol bilan Davron Hoshimov qaydnomaga kiritiladi. O‘ng qanotni yo Hoshimov yoki odatga ko‘ra Islom To‘xtaxo‘jayev egallaydi.
Ma’lumot uchun, Suriya, Janubiy Koreya va Eronga qarshi safar o‘yinlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozasi aynan Davron Hoshimovning qanotidan hujum o‘tib ketishi oqibatida ishg‘ol etilgandi.
Izoh (0)