Rossiya liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy 2018-yil martida o‘tadigan prezident saylovida nomzodlardan biri ayol kishi bo‘lishi haqidagi xabarlarni xushlamaganini aytib o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Ayrim radiokanallar orqali tepada kimdir prezidentga raqibni jinsiy belgi bo‘yicha qidirayotgani, balki ayol kishi tanlanishi mumkinligi haqidagi reportaj va xabarlarni o‘qish yoqimli emas. Go‘yoki qolgan nomzodlar nomunosib. Munosibini topishadi va u go‘yoki ayol bo‘ladi”, — dedi u matbuot anjumani chog‘ida.
Jirinovskiyning so‘zlariga qaraganda, bunday axboriy xurujlar yordamida prezident saylovini spektalga aylantirishmoqchi.
“Qari nomzodlar joningizga tegdimi?! Sizga yangi nomzodni beramiz, u ayol kishi bo‘ladi… Qolgan nomzodlar esa — statistlar”, — deb g‘azabini ifodaladi siyosatchi.
Izoh (0)