Kolumbiyaning milliy ozodlik armiyasi isyonchilari rossiyalik tutqun Arsen Voskanyanning o‘ldirilganini ma’lum qildi. u 2016-yil noyabridan buyon asirlikda saqlanib kelayotgan edi, deb xabar beradi Meduza.
Isyonchilarning Yerson familiyali dala komandirlaridan biri Voskanyan qochib ketishga uringan: u go‘yoki qo‘l granatasini portlatib, qochib ketmoqchi bo‘lgan, ammo isyonchilar uni otib tashlagan.
Granata portlashi natijasida besh kishi yaralandi.
Ilk bor Voskanyan haqida 2017-yil aprelida ma’lum qilingan edi. O‘shanda u besh isyonchini o‘ldirib yoki yaralab, asirlikdan qochgani bildirilgan edi. Shundan so‘ng matbuotda u “rossiyalik Rembo” deb atalgan edi.