AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning Suriya va Iroqda o‘tkazayotgan operatsiyasi doirasida bir oy ichida 61 nafar tinch fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda koalitsiya rasmiylari bayonot berdi, deb xabar qiladi “RBK”.
Shu tariqa, 2014-yildan buyon koalitsiya aviazarbalari oqibatida halok bo‘lganlarning umumiy soni 685 kishini tashkil etdi. Avgust oyining boshida bu ko‘rsatkich 624 kishi ekanligi bildirilgan edi. Tinch aholining o‘limi bilan bog‘liq yana 455 xabar tekshirilmoqda.
Koalitsiya iyul oyida tekshirgan holatlar orasida 14-mart kuni Mosul atrofida amalga oshirilgan aviazarba eng keng miqyoslisi hisoblanadi. O‘shanda rasman 27 kishining halokati tan olingan edi.
Izoh (0)