O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida Yoshlar press-klubining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik, idora va tashkilotlar vakillari, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi, deb xabar beradi “O‘zbekiston 24” telekanali.
Qayd etilishicha, Yoshlar press-klubi yoshlar mavzusidagi muammoli masalalar bo‘yicha ishonchli axborotni yoritish, matbuot anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va uchrashuvlarni o‘tkazish orqali kommunikativ maydonni yaratish hamda yoshlarning muammolari va ularning yechimlariga qaratilgan turli janr va shakllarda tahliliy ko‘rsatuvlar, teledebatlar tayyorlashga katta e’tibor qaratadi.
Klub turli sohalardagi yoshlar hayotini o‘rganish, manfaatlarini himoya qilish va ular bilan jamoatchilikni tanishtirish borasida o‘ziga xos minbar bo‘ladi.