KXDR harbiylari oziq-ovqat yetishmovchiligida xizmat qilishga majbur bo‘layotgan yosh askarlarni mahalliy aholi dalalaridan jo‘hori o‘g‘irlashga chaqirdi. Bu haqda, DailyNK nashriga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Aytilishicha, yosh askarlar doimiy ochlikdan charchagan, shu bois katta zobitlar ularni o‘g‘rilikka undagan.
“Jangchilar aqliga kelgan har qanday metodlar bilan ovqat o‘g‘irlaydi”, — deyiladi materialda.
DailyNK suhbatdoshining so‘zlariga qaraganda, bozorlarda tozalanmagan jo‘horini qoplarga solib, sotuvga olib chiqqan askarlar tez-tez uchrab turadi. Ular mahsulotni past narxlarda sotadi.
Sentabr boshida Shimoliy Koreyada jo‘hori hosili terimi boshlanadi. Mahalliy aholi vakillari bu paytda kun bo‘yi dalalarini qo‘riqlaydi, lekin har doim ham yaxshi qurollangan askarlarga qarshilik ko‘rsata olmaydi.
Izoh (0)