Toshkent viloyati prokuraturasi yoz oylarida cho‘milish chog‘ida cho‘kish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan hisobot berdi.
Ma’lum qilinishicha, yaqinda Bo‘stonliq tumanida yashovchi D. Nurxo‘jayev (1962-yili tug‘ilgan) G‘azalkent shahri hududidan oqib o‘tuvchi Parkent daryosida cho‘milayotib, cho‘kib ketgan.
Mazkur baxtsiz hodisa Toshkent viloyatida hududida qayd etilgan yagona holat emas.
Xususan, aytilishicha, joriy yilning yozgi dam olish mavsumida viloyat hududidagi suv havzalari va daryolarda ehtiyotsizlik oqibatida jami 40 dan ortiq odam, shu jumladan, besh nafar voyaga yetmagan shaxs suvda cho‘kib ketgan.
Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarning aksariyati fuqarolar tomonidan suv havzalari va daryolarda xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik, shu jumladan, taqiqlangan joylarda cho‘milish, mast holatda suvga tushish, ota-onalar tomonidan farzandlarini qarovsiz qoldirish kabi holatlar natijasida yuzaga kelgan.
Izoh (0)