Yamanda tinmayotgan yog‘ingarchilik oqibatida kelib chiqqan toshqinda 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, hukumatning Saba agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Tabiiy ofat mamlakat janubidagi Lahj viloyatining al-Muqatara tumanida nazorat ostidan chiqdi.
“Suv oqimlari o‘nlab transport vositalarini ag‘darib tashladi, 18 kishi halok bo‘ldi”, — ma’lum qildi mahalliy qutqaruv xizmati vakili.
O‘n kishining tanasi topildi. Qolgan tanalar qidiruvi davom etmoqda.
Izoh (0)