JCh—2018 saralashidan o‘rin olgan Xitoy — O‘zbekiston o‘yini oldidan mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi, deb yozdi “Championat.asia” nashri. Unda mutaxassis jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytargan.
Server Jeparov: Oldindagi har ikki o‘yinda ham g‘olib chiqishimizga ishonyapman
Mamlakatimizda futbol rivojlanishi uchun Jahon chempionatida ishtirok etish orzumizni amalga oshirmoqchimiz. Mundial uchun juda katta ishlar qilindi. Vatanimizga yaxshi kayfiyatda qaytishga umid qilamiz.Xitoy ayni damda dunyo futbolida rivojlanish markaziga aylangan. Ular futbolda islohotlar o‘tkazmoqda. Futbolning rivojlanishi mamlakat termasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bizda Xitoy ligasida to‘p tepadigan futbolchilar bor. Shuningdek, o‘yin oldidan ba’zi muammolarimiz bor. Shunga qaramay, ijobiy natija bilan qaytishga umid qilyapmiz.
Toshkentdagi o‘yindan so‘ng Xitoy bosh murabbiyni o‘zgartirdi. Men Marchello Lippini juda hurmat qilaman. U kelganidan so‘ng, termada ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Hozir ertangi bahs haqida bosh qotiryapmiz, raqib o‘yinini jiddiy o‘rganib chiqdik.
Samvel Babayan, O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi
Xitoy — O‘zbekiston uchrashuvini 10 yillik tanaffusdan keyin Xayrulla Hamidov sharhlaydi
Babayanning aniqlik kiritishicha, Uxandagi ob-havo ancha yaxshi, murabbiy esa bunga xayron qolgan.Uxanga kelishdan oldin, bu yerning ob-havosini o‘rgandim. Biroq yetib kelganimizdan so‘ng hayron bo‘ldim, havo juda yaxshi. Ertaga ikki jamoa ham tezkor o‘yin ko‘rsatishiga ishonaman.Xitoy — O‘zbekiston uchrashuvi 31-avgust kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladi.Samvel Babayan, O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi