Hindistonning iqtisodiy poytaxti — Mumbai suv ostida qolishi oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, CNN telekanaliga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Kuni bo‘yicha shaharda kuchli yog‘ingarchilik davom etmoqda. Meteorologlar prognozlariga ko‘ra, yaqin kunlarda ob-havo yaxshilanmaydi.
29-avgust kuni Mumbaida yog‘ingarchilik darajasi 127 millimetrni tashkil etdi, ko‘chalar daryoga aylandi, transport tizimi to‘xtab qoldi. Poyezd va avtobuslar to‘xtadi, samolyotlarning bir qismi qo‘shni qo‘shni aeroportlarga yuborildi.
Izoh (0)