AQSh prezidenti Donald Tramp uning ma’muriyati Shimoliy Koreya rahbariyatiga ta’sir ko‘rsatishning har qanday variantlarini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda KXDR tomonidan navbatdagi raketa sinovi o‘tkazilganidan so‘ng Oq Uy tomonidan tarqatilgan bayonotda aytiladi, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Tahdidlar va beqarorlashtiruvchi harakatlar Shimoliy Koreyaning rejimining mintaqada va butun dunyoda yakkalanishini kuchaytiradi, xolos. AQSh har qanday choralarni ko‘rib chiqishga tayyor”, — deyiladi bayonotda.
“Jahon Shimoliy Koreyaga aniq-tiniq signal berdi: bu rejim qo‘shnilari, BMTning barcha a’zolariga nisbatan adovat namoyish qilyapti, KXDR xalqaro xulq-atvorning minimal standartlarini ko‘rsatmoqda”, — qo‘shimcha qildi Tramp.
Izoh (0)