Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi fuqaro Z. Mannapov (1973-yili tug‘ilgan) oilaviy kelishmovchilik oqibatida uch nafar shaxsni qasddan o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi ma’lum qildi.
Xususan, aytilishicha, Z. Mannapov tumanning “Madaniyat” mahallasi hududida shar’iy nikohdagi turmush o‘rtog‘i X. Ismoilova (1985-yili tug‘ilgan) bilan nizolashib, kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida X. Ismoilova va uning ikki nafar 12 va 9 yoshdagi voyaga yetmagan farzandlarini qasddan o‘ldirish maqsadida, ularning bosh qismiga temir bolg‘a bilan urib, ularga hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari yetkazgan.
Voqea joyidagi uchinchi shaxslar aralashuvi bilan Z. Mannapov o‘z jinoiy harakatlarini oxiriga yetkaza olmagan.
Hozirgi vaqtda jabrlanuvchilar tibbiy muassasaga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Z. Manapovga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Izoh (0)