Kataloniya rasmiylari 1-oktabrga qadar mustaqillik to‘g‘risida referendum o‘tkazadi. Ispaniya konstitutsion sudining taqiq hukmi bunga to‘sqinlik qilmaydi, deb xabar beradi “TASS”.
Bu haqda muxtor viloyat hukumat vakili Jordi Turul bayonot berdi.
“Biz faqat Kataloniya parlamentiga bo‘ysunamiz”, — deb ta’kidladi u.
Turulning so‘zlariga qaraganda, Ispaniya sotsialistik ishchilar partiyasi va Xalq partiyasi xalqning “ovozini o‘chirmoqchi”, ammo muxtor viloyat hukumati xalqqa so‘z berib, u kelajagini o‘zi belgilashini istaydi.
Kataloniya ko‘pdan buyon Ispaniya tarkibidan ajralib chiqishga urinib kelmoqda. Muxtor viloyat rahbariyati referendumga ko‘p yillardan beri tayyorgarlik ko‘radi, lekin ayni paytda Ispaniya konstitutsion sudi bu masala bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda. Konstitutsion sud referendumni noqonuniy deb topib, shu yo‘l bilan uni to‘xtatib qolishi mumkin.
Izoh (0)