Yoz faslining so‘nggi kunlari O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi, harorat biroz ko‘tariladi, deb yozadi Uz24.
“O‘zgidromet” markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 29–31-avgust kuni Toshkent shahrida harorat kechasi 18–20, kunduzi 36–38 darajani tashkil etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo harorati kechasi 17–22 daraja iliq, kunduzi 34–39 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat kechasi 17–22 daraja iliq, kunduzi 35–40 darajagacha ko‘tariladi.
Farg‘ona vodiysida esa harorat kechasi 16–21 daraja iliq, kunduzi 33–38 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)