Milan klublarining katta sahnaga qaytishi futbol bo‘yicha Italiya A seriyasiga bo‘lgan qiziqishni oshirdi, deyish mumkin. 2-turdan so‘ng biryo‘la besh klub 6 tadan ochko jamg‘arib, chempionlik uchun da’vogar ekanini ko‘rsatgandek bo‘ldi.
Mamlakatning amaldagi chempioni “Yuventus” mazkur turda irodali g‘alabaga erishdi. Bellashuvda argentinalik hujumchi Paulo Dibala xet-trik qayd etdi. Endilikda uning mavsumdagi gollari soni 4 ta.
Boshqa bir argentinalik Mauro Ikardi ham 4 ta gol urib ulgurdi. Ketma-ket ikki turda dubl qayd etgan hujumchi, “Inter”ning muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘shdi. So‘nggi ikki yilini Rimning “Roma” klubida o‘tkazgan murabbiy Luchanno Spaletti “Inter” bilan Rimga tashrif buyurib, sobiq jamoasini indamaygina jazolab ketdi.
Montella boshqaruvidagi “Milan” va Mauritsio Sarrining “Napoli”sida, shuningdek, kutilmaganda “Sampdoriya”da 100 foizlik natija ko‘rsatilmoqda.
Italiya A seriyasi 2-tur o‘yinlari 26-avgust, shanba
Izoh (0)