Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eron Suriya va Livan hududida raketa ishlab chiqaruvchi obyektlar qurayotganini aytib o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Tegishli bayonotni Isroil hukumati rahbari Quddusda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan muzokaralarga kirishish oldidan berdi.
Netanyaxuning so‘zlariga qaraganda, Eron Suriyadan “asosiy maqsadi — Isroilni yo‘q qilish”da baza sifatida foydalanishni rejalashtirmoqda.
“Shu maqsadda ular Suriya va Livanda boshqariluvchi raketalar tayyorlaydigan obyektlar qurmoqda”, — dedi u.
Isroil hukumati rahbarining fikricha, AQSh va Isroil bu holatni qabul qilmasligi va choralar ko‘rishi lozim.