Germaniyaning Gamburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatida bugun — 28-avgust kuni besh nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi ringga chiqadi.
Kundagi ilk jang -60 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tariladigan Elnur Abduraimovga tegishli bo‘lib, u armanistonlik raqibini sinovdan o‘tkazadi. Rio Olimpiadasining kumush medali sohibi Bektemir Meliqo‘ziyev o‘zbekistonliklarning dushanba oqshomidagi chiqishlariga yakun yasab beradi.
Quyida o‘zbekistonlik bokschilarning chiqish vaqtlari va raqiblari ko‘rsatilgan.
18:40 — Elnur Abduraimov — Karen Tonokanyan (Armaniston) — 60 kg18:50 — Shahram G‘iyosov — Yevgeniy Barabanov (Ukraina) — 69 kg19:50 — Bahodir Jalolov — Kem Larsen (Daniya) — +91 kg22:00 — Jasur Latipov — Daniel Asenov (Bolgariya) — 52 kg23:30 — Bektemir Meliqo‘ziyev — Muslim Gajimagomedov (Rossiya) — 81 kg
Boks bo‘yicha Jahon chempionati bellashuvlarini O‘zbekiston hududida UzReport telekanali translyatsiya qilyapti.
Izoh (0)