Buyuk Britaniya politsiyasi Bukingem saroyi yaqinida hujum uyushtirilishi bilan bog‘liq ish yuzasidan ikkinchi gumondorni qo‘lga oldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Gumondor G‘arbiy Londonda ushlandi. U 30 yoshda bo‘lib, terrorchilik aktida sheriklikda ayblanmoqda.
25-avgust kuni Bukingem saroyi yaqinidagi Mell ko‘chasida noma’lum shaxs politsiyachilarga hujum qildi. Buning oqibatida ikki politsiyachi jarohat oldi.