Apple kompaniyasi rahbari Tim Kuk AQShning Sintsinatti shahridagi zavodlardan biriga tashrif buyurgan vaqtda tushirilgan suratni Twitter’ga joyladi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ko‘pchiligi suratni ko‘rgach, korporatsiya rahbari shimining cho‘ntagida iPhone 8 borligini taxmin qildi. Bu haqda The Verge xabar berdi.
Nashrning qayd etishicha, surat yangi qurilma haqida batafsil bilish imkonini bermaydi. Smartfonning faqat to‘rtburchak shakli va taxminiy o‘lchamlari ko‘rinib turibdi.