2018-yil avgustiga qadar Termizda buddaviy yodgorlik majmuasi va yapon bog‘i quriladi. Bu 2018–2019-yillarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha birlamchi choralar dasturida nazarda tutilgan. Hujjat Prezidentning 16-avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan, deb xabar beradi Uz24.
Shuningdek, Termizda yapon uslubidagi “Rekan” mehmonxonasining, yodgorlik maydonining va Kyudzo Kato muzeyining qurilishi rejalashtirilmoqda.
Kompleksni Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida tanitish uchun axborot kampaniyasi uyushtiriladi.