AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Mayk Pompeo mamlakat prezidenti Donald Trampning Rossiya bilan aloqalari yuzasidan o‘tkazilayotgan tekshiruvni o‘z shaxsiy nazorati ostiga oldi. Bu haqda, The Washington Post nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Endilikda tergovchilar shaxsan Pompeoning oldida hisobot beradigan bo‘ldi.
Aytilishicha, bu qadam AQSh razvedkasining yuqori rahbariyati orasida xavotirga sabab bo‘lmoqda.
“MRB kontrrazvedka operatsiyalari markazi vakillari Pompeoni kuzatib kelayotgan edi. U bir necha marotaba Rossiyaning 2016-yilgi prezident sayloviga aloqadorligiga yetarli ahamiyat bermagan va siyosiy kurashda prezident Tramp tarafda turishini namoyish qilgan edi”, — deyiladi xabarnomada.
Izoh (0)