Germaniyaning Gamburg shahrida bugun — 25-avgust kuni boks bo‘yicha Jahon chempionati start oladi. Uning hamma vaznida o‘zbekistonlik sportchi g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Kecha — 24-avgust kuni janglarga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, 10 nafar o‘zbekistonlik bokschidan 2 tasi ishtirokini 1-bosqichdan boshlaydigan bo‘ldi: Jasur Latipov (-52 kg) va Sanjar Tursunov (-91 kg). Qolgan barcha bokschilar avtomatik ravishda mundialga 2-bosqichdan qo‘shiladi.
-49 kg: Hasanboy Do‘stmatov — Nazar Kurotchin (Ukraina) — Robinson Rodriges (Kosta-Rika)-52 kg: Jasur Latipov — Yankiel Rivera (Puerto-Riko)-56 kg: Murod Ahmadaliyev — Qayrat Eraliyev (Qozog‘iston)/Kristofer Flores (Meksika)-60 kg: Elnur Abduraimov — Harri Garsayd (Avstraliya)/Karen Tonakanyan (Armaniston)-64 kg: Iqbol Xoldorov — Matej Polski (Polsha)/Jon Guttyeres (Kolumbiya)-69 kg: Shahram G‘iyosov — Yevgeniy Barabanov (Ukraina)/Nkumbu Silungve (Zambiya)-75 kg: Isroil Madrimov — Luis Rodriges (Puerto-Riko)/Aziz Achilov (Turkmaniston)-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Muslim Gajimagomedov (Rossiya)/Jeyson Varela (Kolumbiya)-91 kg: Sanjar Tursunov — Jeffri Gonsales (Nikaragua)+91 kg: Bahodir Jalolov — Kim Larsen (Daniya)/Mbui Karlos (Angola)
O‘zbekistonlik 10 bokschidan 9 nafari Jahon chempionatiga qit’a chempioni sifatida tashrif buyurgan. Ular Toshkent mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritgan. Faqatgina -91 kilogrammda jang qilgan Sanjar Tursunovgina Osiyo chempionatining yarim finaliga yetib bora olmagan va medalsiz qolgan. Shunga qaramay, Tursunov pley-off raundida raqibini yengib, mundial chiptasiga ega chiqqan.
Boks bo‘yicha Jahon chempionati bellashuvlarini O‘zbekiston hududida translyatsiya qilishning eksklyuziv huquqini UzReport telekanali qo‘lga kiritgan.