O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining qarori bilan mamlakat Konstitutsiyaviy sudi tarkibi tasdiqlandi. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash to‘g‘risida”gi Senat qarori matni O‘zAda chop etildi.
“Quyidagilar: Askarjon Boyisovich Gafurov, Fayzulla Abdulxayyevich Kayumov, Baxtiyor Dexqonboyevich Miralimov, Baxtiyar Shamsutdinovich Mirbabayev, Genjemurat Pirjanov, Qahramon Uljayev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi lavozimiga saylansin”, — deyiladi hujjatda.
Bundan tashqari, Konstitutsiyaviy sud qarori bilan Baxtiyar Shamsutdinovich Mirbabayev Konstitutsiyaviy sud raisi, Askarjon Boyisovich Gafurov rais o‘rinbosari etib saylandi.
Izoh (0)