20 yilcha muqaddam halok bo‘lgan uch kishining tanasi Italiya va Fransiya chegarasidagi Monblan tog‘i yonbag‘ridan topildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Muzlik doimiy ravishda harakatlanadi, va biz o‘limlar 1995-yili sodir bo‘lgan deya olamiz”, — tushuntirdi Italiyaning Valle-d’Aosta mintaqasi qutqaruv xizmatlari vakili.
Tanalarni fransiyalik alpinist topdi.
Monblan Alp tizmasining eng baland tog‘i bo‘lib, Italiya va Fransiya chegarasida joylashgan. Uning balandligi 4808 metrni tashkil etadi.
Izoh (0)