Venesuela prezidenti Nikolas Maduro amerikalik hamkasbi Donald Trampni xalqaro huquq me’yorlarini buzishda aybladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ilgariroq Tramp rasmiy Vashington Venesuela bo‘yicha barcha ssenariylarni, shu jumladan, harbiy aralashuvni ham o‘ylab ko‘rayotganini bildirgan edi.
“Tramp hukumati bizga harbiy aralashuv bilan tahdid qilmoqda. Bu BMT yo‘riqnomasiga zid keladi, u kuch ishlatish tahdidini taqiqlaydi”, — dedi Maduro Karakasda uyushtirilgan matbuot anjumanida.
Uning fikricha, Trampning bayonoti Venesuelaga qarshi xalqaro kampaniyaning bir bo‘lagidir.
Izoh (0)