IShID terrorchi guruhi jangarilari Liviya armiyasining marralariga hujum uyushtirib, to‘qqiz harbiy xizmatchining boshini tanasidan judo qildi. Bu haqda harbiylarning vakili polkovnik Ahmad al-Mismariy bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
“Kamida to‘qqiz askarning boshi tanasidan judo qilindi, shu yo‘l bilan ikki tinch fuqaro o‘ldirildi”, — dedi u AFP’ga bergan intervyusida.
Liviya armiyasi forpostiga hujum Tripolidan 500 kilometr janubroqda ro‘y berdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.