Amerika strategik razvedka samolyoti RC-135W 21-avgust kuni Kaliningrad viloyati chegarasi yaqinida ko‘p soatlik parvozni amalga oshirdi. Bu haqda harbiy aviatsiya harakatlanishini kuzatib boruvchi G‘arb saytlariga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Bort raqami 62-4138 bo‘lgan samolyot Buyuk Britaniyadagi Mildenxoll aviabazasidan uchib chiqqan va olti soatga yaqin Kaliningrad viloyati quruqlikdagi chegarasidan shimolda parvoz qilgan. U Litva havo hududida bo‘lgan.
U Shimoliy dengiz ustida havoda AQSh Harbiy-havo kuchlari KC-135R zapravkachi samolyoti tomonidan yoqilg‘i bilan ta’minlangan.
Izoh (0)