“Ipoteka-bank” joriy yilda 190 dan ortiq uy-joy qurilishini moliyalashtirmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Bank matbuot xizmatidan ma’lum qilinishicha, arzon uy-joy uchun pul to‘layotgan mijozlarga “Imkoniyat” nomli yutuqli omonat ham taklif qilingan edi. Bu tadbirlar joriy yilning 10-yanvaridan 1-apreliga qadar davom etdi. Ana shu muddatda boshlang‘ich mablag‘ to‘lagan fuqarolar ixtiyoriy ravishda unda ishtirok etdi.
Ayni paytda yutuqli lotereyada 5535 nafar, xususan, Toshkent shahridan 2382 omonatchi ishtirok etdi. Yutuqqa 500 ga yaqin qimmatbaho maishiy texnika va 14 dona Spark avtomobili qo‘yilgan edi. Bugun ana shu yutuqlarning g‘oliblari aniqlandi.
Izoh (0)