AQSh harbiy-havo kuchlarining Turkiyadagi Injirlik aviabazasida turgan uchuvchisiz uchish qurilmasi Suriya chegarasiga yaqin hududda halokatga uchradi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, dron Shonliurfa viloyatining Yo‘lbilan qishlog‘i hududidagi makkajo‘hori dalasiga qulagan. Hech kim jabrlanmagan.
Injirlik bazasi saytida ma’lumot tasdiqlandi. Rasmiy axborotda aniqlashtirilishcha, MQ-1 Predator rusumli dron qulagan. Voqea sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)