IShID terrorchi guruhining besh jangarisi Turkiya chegarasini kesib o‘tishga uringanida yo‘q qilindi. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim 20-avgust kuni bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Bu haqda hukumat rahbari Anqara aeroportida Singapurga uchib ketishidan oldin jurnalistlar bilan muloqot qilgan chog‘da aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, 19-avgust kuni Xatay viloyati politsiyasi to‘rt nafar jangarini ushladi, beshinchisini esa yaraladi. Jangari shifoxonada vafot etdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.