Belgiyaning Assenua shahrida ichida uch yo‘lovchi bo‘lgan avtomobil haydovchisi ziyofatda o‘tirgan odamlar ustiga yurdi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Aytilishia, voqea natijasida to‘rt kishi yaralandi. Ulardan bir nafari og‘ir ahvolda.
Jinoyatchilar voqea joyidan qochib ketishga muvaffaq bo‘ldi, ammo ular politsiya tomonidan Aubi-syur-Semua shahrida ushlandi. Politsiya voqeani o‘ldirishga qasd qilish deb baholamoqda, hali terrorchilik akti haqida gapirish erta, deb hisoblamoqda huquq-tartibot vakillari.
Izoh (0)