Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 4-avgustdagi PQ-3172-son qarori bilan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari qabul qilindi. Hujjat bilan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tashkiliy tuzilmasi va uning markaziy apparati tuzilmasi, shuningdek, vazirlikning Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va tumanlardagi hududiy bo‘linmalari tuzilmalari tasdiqlandi, deb yozadi Uzbekistan 24.
Shuningdek, alohida ro‘yxat bilan irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar keltirilgan.
Bundan tashqari, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2 ta tashkiloti tugatilmoqda, yana 32 tasi qayta tashkil etilmoqda. Shuningdek, qaror bilan “O‘zsuvta’mirfoydalanish” Respublika boshqarmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar ro‘yxati belgilandi.
Qator obyektlar davlat ulushini oshirish hisobiga balans qiymatida beriladi:
- “Dehqonsavdo” DUK - “O‘zbekoziqovqatxolding” XKning ustav jamg‘armasiga;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi “MMTP Agrointexnika” DUK, Sirdaryo viloyatidagi “MMTP YuKO” DUK -“ O‘zagrotexsanoatxolding” XKning ustav jamg‘armasiga;
- “Biosifat” Respublika markaziy laboratoriyasi - “O‘zagrokimyohimoya” AJning ustav jamg‘armasiga.