OurMine xakerlik guruhi HBO telekanalining Facebook va Twitter’dagi sahifalarini buzdi. Xakerlarning xabarlari ikkala akkauntda ham 17-avgust kuni ertalab paydo bo‘ldi, deb xabar beradi Meduza.
Telekanalning asosiy akkauntlaridan tashqari, xakerlar “Taxtlar o‘yini” serialining Twitter’dagi sahifasida xabar qoldirdi.
Xabarlar tez orada o‘chirildi. Telekanal rasmiylari izoh berishdan bosh tortmoqda.