Azimut Travel bilan sayohatga chiqqan o‘zbekistonlik futbol muxlislari 16-avgust kuni hisob bo‘yicha ikkinchi “El-Klasiko”ga guvoh bo‘ldi. 13-avgust kuni “Kamp Nou” arenasiga tashrif buyurgan bo‘lsak, 16-avgust kuni bizni Madriddagi “Santyago Bernabeu” arenasi kutib turgandi.

Foto: “Daryo”

Zamonaviyligi jihatdan ham, muxlis borasida ham “Real Madrid” stadioni ancha oldinda desam, har ikki stadionga tashrif buyurganlar fikrimga qo‘shilsa kerak. Javob o‘yinida “Santyago Bernabeu”dagi muhit shu qadar ajoyib ediki, buni so‘z bilan ta’riflash qiyin. Uni his qila olgan odam millionlar o‘yiniga sho‘ng‘ib ketadi, “Real”ga mehr qo‘yadi.

Foto: “Daryo”

16-avgust kuni Madriddagi stadionga O‘zbekiston bayrog‘i bilan borgandik. Bu bizga qo‘l kelib, 5 nafar o‘zbekistonlik muxlislarni uchratdik. Mamlakat bayrog‘ini ko‘rgan vatandoshlarning o‘zlari unga qarab uchib kelishdi. Hammalari “El-Klasiko”ni ko‘rish uchun Toshkentdan yetib kelishgandi.

Foto: “Daryo”

Uchrashuvga to‘xtalmayman. Bizning Ispaniyaga sayohatimiz davomida “Barselona”ning omadi umuman yurishmadi va asosan “Real” muxlislari bayram qilishdi. “Kamp Nou”da Sherzod Yarashev ismli Kataloniyada istiqomat qiladigan “Barselona” muxlisi tug‘ilgan kunini nishonlab, maqsadiga yeta olmagandi. “Santyago Bernabeu”da esa “Barselona”ning boshqa muxlisi Umidbek Jumaniyozov tug‘ilgan kuniga sevimli jamoasidan “sovg‘a” qabul qilib oldi.

Foto: “Daryo”

Azimut Travel va “Turizm” gazetasi “El-Klasiko” bilan bog‘liq tajribalarini yanada boyitib oldi. Shundan kelib chiqib, “Real” va “Barselona” ishtirokidagi bir qator o‘yinlarga yangi turlar tashkil qilish rejalashtirilgan. Ularning narxi katta ehtimol bilan birinchisidan arzonroq bo‘ladi. Birinchisida muxlislar “Real” futbolchilariga Ispaniya Superkubogining topshirilish marosimini bevosita jonli kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ular katta ehtimol bilan keying sayohatni Britaniyada o‘tkazadi.

Foto: “Daryo”

Navbatdagi turlar ikki xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: yevropa bo‘ylab va Ispaniya bo‘ylab. Ikkinchisida ishqibozlar Barselona, Madrid, Vigo, Sevilya, Valensiya kabi chiroyli shaharlarga borib, stadionlarda futbol ko‘rishlari, o‘sha shaharning bosh stadioni turlarida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Foto: “Daryo”

17-avgust tongida Azimut Travel sayohatchilari Madriddan Parijga yetib keldi. 18-avgust tunigacha Fransiya poytaxtida sayr qiladigan muxlislar, 19-avgust tongida Toshkentga kirib keladi.

Azimut Travel

Manzil: Samarqand shahri, A. Jomiy ko‘chasi, 65 uy Telefon: +99895 5079469 Ofis: +99866 2332666 Reklama bo‘lim: +99898 5731111 E-mail: sayohat@azimut.uz