Suriyaning BMTdagi doimiy vakili Bashar Ja’fariy AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyani tarqatib yuborishni talab qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va Xavfsizlik Kengashiga yo‘llangan maktubda diplomat xalqaro kuchlarning zarbalari oqibatida yuzlab tinch aholi vakillari halok bo‘lganini bildirib o‘tgan.
Ja’fariy, jumladan, 1-avgust kuni Dayr az-Zavrdagi bombardimonda kamida 60 nafar tinch fuqaro halok bo‘lganiga e’tibor qaratdi.
Shularni inobatga olgan holda, u koalitsiya o‘zini oqlamayapti degan xulosaga keldi va uni tarqatib yuborishga chaqirdi.
Izoh (0)