Ispaniyada turistlar guruhi delfin bolasi bilan selfi tushaman deb uni 15 daqiqa ichida o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Jonivorlar himoyasi bilan shug‘ullanuvchi Equinac tashkilotining Facebook’dagi sahifasida bildirilishicha, delfin bolasi onasini yo‘qotib qo‘yib, sayozlikka kelib qolgan. Turistlar u bilan selfi tushaman deb jonivorni qiynab qo‘ygan.
Odamlar uni suvdan chiqarib olib, silay boshlagan, birga suratga tushgan. 15 daqiqadan so‘ng sohilga qutqaruvchilar guruhi yetib keldi, ammo u payti mitti delfin o‘lib qolgan edi.