Hukumat va Davlat test markazi kirish imtihonlarini qayta ko‘rib chiqish ustida ishlamoqda. Buning natijalarini keyingi yil ko‘rish mumkin bo‘ladi. Bu haqda Xalqaro press-klub yig‘ilishida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov aytib o‘tdi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
An’anaga ko‘ra, 1-avgust — imtihon kuni O‘zbekiston mobil operatorlari profilaktik ishlar boshlanganini e’lon qiladi, SMS va mobil internet xizmati o‘chiriladi. Respublika bo‘yicha xizmatlarni bloklash o‘rniga zamonaviy texnologiyalar yoki signal susaytirgichlar ishlatish vaqti kelgani haqidagi savolga javob berarkan, Sherzod Shermatov shunday dedi:
“To‘g‘ri savol. Men Toshkentdagi Inha universiteti rektori bo‘lganmna (2014−2016-yillar). To‘rt yil davomida bu yerda imtihonlar o‘tkazamiz. Internet tufayli yoki shpargalka, telefon yo‘qligi bois universitetga ‘noto‘g‘ri’ nomzodlar kirganini eshitganmisiz? Bularni bir-biriga bog‘lash kerak emas”.
3-avgust kuni madaniyat sohasi vakillari bilan uchrashuvda Prezident kirish imtihonlari tizimini tanqid ostiga olgan edi. U madaniyat, san’at va ijod yo‘nalishlaridagi oliygohlar uchun test savollarini olib tashlashni topshirdi.
“Keyingi imtihonga qadar javoblar test o‘tishi bilan chiqishi vazifasi qo‘yilgan”, — qayd qilib o‘tdi Sherzod Shermatov.
Izoh (0)