Ichki ishlar vazirligi qoshida akademik litseylar yaratiladi. Bu haqdagi qarorni 16-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev imzoladi, deb xabar beradi Uz24.
Qabul IIV kvotalari bo‘yia tanlov asosida amalga oshiriladi.
IIV akademik litseylariga aylantiriladigan litsey va kollejlar ro‘yxati keyinroq e’lon qilinadi.
2020–2021-yillarda IIV Akademiyasiga shu akademik litseylar bitiruvchilari qabul qilinadi.
IIV harbiy-texnik instituti va yong‘in xavfsizligi institutiga kirishda to‘plangan ballning 10 foizi miqdorida imtiyozli ballar ham taqdim etiladi.
Tilga olingan oliy o‘quv yurtlariga kirmagan litsey bitiruvchilar IIBlarga birinchi galda qabul qilinadi.