“Tolibon” diniy-radikal harakati AQSh prezidenti Donald Trampga ochiq xat yo‘llab, uni Afg‘oniston hududidan qo‘shinlarni olib chiqib ketishga chaqirdi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Maktub jurnalistlarga toliblarning vakili Zabihulloh Mujohid tomonidan yo‘llandi. Unda aytilishicha, Tramp Afg‘onistondagi vaziyat nazoratini generallarga topshirmasligi lozim. Shuningdek, uning fikricha, AQSh qo‘shin sonini oshirishni emas, kontingentni tezroq olib chiqib ketishni o‘ylashi lozim.
Ayni paytda Afg‘onistonda 8,4 ming amerikalik harbiy xizmatchi bor.
Izoh (0)