Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning “Mert ýigitler gaýrat üçin dogulýar” (Mard yigitlar g‘ayrat uchun tug‘ilur) nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Turkmenistan segodnya” axborot agentligi ma’lum qildi.

Foto: “Turkmenistan segodnya”

Kitob qonuniylik, jamoat tinchligi va tartibni saqlashda muhim rol o‘ynaydigan Turkmaniston ichki ishlar vazirligi faoliyatiga bag‘ishlangan. Unda mazkur organning tarixi va unda uzoq yillar mehnat qilgan Malikguli Berdimuhamedovning shaxsiy hissasi ochib berilgan.

Taqdimot doirasida ishtirokchilar ichki ishlar idoralari tizimida uzoq yillar ximat qilgan Turkmaniston prezidentining otasi Malikguli Berdimuhamedovning mehnat yo‘liga bag‘ishlangan muzeyni ko‘zdan kechirdi.

Ta’kidlanishicha, prezidentning yangi kitobi keng o‘quvchilar ommasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, avlodlar, xususan, ichki ishlar shaxsiy tarkibi uchun mukammal qo‘llanma hisoblanadi.