Shavkat Mirziyoyev Misr prezidentiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr prezidenti Abdulfattoh As-Sisiyga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuoti xizmati ma’lum qildi.

Foto: ITV

“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ‘Qohira—Iskandariya’ temiryo‘lida sodir bo‘lgan mudhish halokat natijasida ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Misr prezidenti Abdulfattoh As-Sisiyga hamdardlik bildirdi”, — deyiladi rasmiy axborotda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 49 kishi halok bo‘lgan. Ayni vaqtda noxush hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing