Aktrisa  Jamila G‘ofurova “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.

Foto: “Daryo”

Suhbat davomida aktrisa filmlarda qanchaga suratga tushishi, hattoki gonorarining puliga Spark avtomoshinasi berganligi, unga film prodyuseri Nexia avtomashinasini sovg‘a qilganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Avvallari eng ko‘p gonorar oladigan aktrisa men bo‘laman. Filmlarda rol ijro qilishim uchun bitta mashinaning pulini olganman, bugungi kunga hisoblaydigan bo‘lsak, o‘sha pulga bitta Spark avtomashinasini sotib olish mumkin edi. U filmning nomini ham aytishim mumkin, film “Uzuk” deb nomlangan edi.

“Faryod” filmidan juda katta gonorar olganman. “Faryod” filmi yaxshi chiqqani uchun film prodyuserlari, oilaviy kelishgan holda menga Nexia mashinasini sovg‘a qilgan edi. O‘sha Nexia mening birinchi mashinam bo‘lgan edi.

Jamila G‘ofurova, aktrisa

Jamila G‘ofurova bilan eksklyuziv intervyuning to‘lig‘ini quyida tomosha qilishingiz mumkin.

Aktrisa  suhbat davomida bolaligi, oilasi, Shakiraga qilgan taqlidi va allambalo raqsi, “E’tirof” mukofoti, umuman aktyor va aktrisalarning mukofotlanish tartibi haqida e’tirozlari, ochiq kiyinishiga bo‘lgan e’tirozlar, Sevinch Mo‘minova raqobatchi bo‘lgan filmda kastingdan o‘ta olmagani haqidagi barcha savollarga ochiq-oydin javob berdi.