Qanday qilib uyquni yaxshilash orqali sog‘likni asrash to‘g‘risida bir necha oddiy maslahatlar bilan tanishing.

Foto: Depositphotos

Tartib o‘rnatishni boshlang: odatlangan vaqtingizdan 10—15 daqiqa oldin uxlashga yoting. Qoida bo‘yicha o‘rinda 7—8 soat vaqtingizni o‘tkazishingiz kerak. Siz quvvatning va tetiklikning oshib ketayotganini, unumdorlik o‘sib borayotganini his qilasiz. Siz tamaddilarni kamroq yeya boshlaysiz.

Kechki ovqatni iloji boricha uxlashdan 2 soat oldin yeyishga harakat qiling. Chunki, ko‘pincha kechroq qilinadigan tamaddilarni nazorat qila olmay qolasiz va bu ortiqcha vazn yig‘ilishiga sabab bo‘ladi.

O‘ziga xos uxlash marosimini o‘ylab toping. Masalan, vanna qabul qiling, musiqa tinglang, giyohlardan damlangan choy iching yoki 10 daqiqa davomida meditatsiya bilan shug‘ullaning. Shu tariqa siz o‘zingizni uyquga yaxshiroq tayyorlay olasiz, tezroq va qattiqroq uxlaysiz.

Gadjetlarning hammasini yig‘ishtirib qo‘ying. Barcha smartfonlar va planshetlar o‘zlaridan kuchli yorug‘lik tarqatadi va ular sizning uxlashingizga xalal beradi. Milliy uyqu jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, tungi vaqtlardagi smartfonlar va boshqa elektron vositalar chiqaradigan tovushlar va tebranishlar bizning miyamizni uyg‘otadi. Shu sababli, tunni elektron qurilmalar qurshovida o‘tkazadiganlarning ko‘pchiligi uyqusining yomonligidan shikoyat qiladi.

Tanangizni chiroyli va ruhingizni sog‘lom tutishni xohlasangiz, to‘yib uxlashingiz zarur. Sifatli uyqu – bu ta’tilga chiqmasdan miyani qaytadan yuklab olish imkoniyati hisoblanadi. Shunda har bir tongingiz xayrli bo‘ladi, sizning miyangiz yangi g‘oyalarga to‘lib-toshadi va sizdagi quvvat minglab ishlarni bajarishga yetadi.

Manba: Cosmopolitan