HBO telekanali xakerlarga o‘g‘irlangan ssenariylar uchun 250 ming dollar taklif qildi

AQShning HBO telekanali xakerlar bilan muzokaralarga kirishib, ularga o‘g‘irlangan ssenariylar evaziga 250 ming dollar taklif qildi. Bu haqda, The Hollywood Reporter nashriga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.

Foto: Google Photos

Nashr HBO vakillarining xatidan olingan skrinshotni keltirmoqda. Unda aytilishicha, kanal ushbu summani o‘z ixtiyori bilan to‘lashga rozi. The Hollywood Reporter xatning haqiqiyligini tasdiqlashga erishdi, ammo kanal rasmiylari hozircha bunga izoh bermadi.

Xakerlar, o‘z navbatida, HBO bilan muzokaralar olib borganini, ammo kanal o‘z va’dasini buzganini bildirdi. Gap qanday va’da haqida ketayotgani aniqlashtirilmayapti.

Ilgari xakerlar o‘g‘irlangan ssenariylar evaziga 6 million dollar talab qilgani bildirilgan edi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing