O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasi hisoblangan JV MAN Auto-Uzbekistan EKSPO — 2017 ko‘rgazmasida gazda harakatlanuvchi yangi avlod avtobuslarini namoyish qildi. Ekologik transport Butunjahon ko‘rgazmasi doirasida Ostona shahri ko‘chalarida harakatlanmoqda. Bu haqda “1news.uz” xabar berdi.

Foto: “1news.uz”

Ekologik transportda vositasi yoqilg‘i sarfi dizel yo‘qilg‘isi bilan harakatlanadigan avtobusdan ko‘ra 40 foizga kamroq. Shveysariyada loyihalashtirilgan yengil alyuminiy kuzov avtobus samaradorligining yana bir ko‘rsatkichi bo‘lib, yo‘l qoplamasiga tushadigan og‘irlikni kamaytiradi va uning xizmat qilish muddatini uzaytiradi. Avtobusga 90 tagacha yo‘lovchi chiqishi mumkin. Qishda oltita isitgich uning salonini isitadi.

Foto: “1news.uz”

Bugungi kunda JV MAN Auto-Uzbekistan’ning ishlab chiqarish quvvati yiliga 3 mingtani tashkil qiladi. Avtobuslar Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Rossiya, Gruziya, Afg‘oniston va Keniyaga eksport qilinmoqda. EKSPO — 2017 xalqaro ko‘rgazma boshqarmasiga O‘zbekiston tomonidan yetkazib berilgan gazda harakatlanuvchi to‘rtta avtobus Qozog‘iston poytaxti mehmonlariga xizmat ko‘rsatmoqda.

Foto: “1news.uz”