Yuqori Chirchiq tumanida istiqomat qiluvchi Muxlisa Shamsiddinova tuman gaz idorasi nazoratchisi lavozimidagi faoliyati davomida mahallalarda ishlatilgan gaz haqini undirib yurib, firibgarlikka qo‘l urdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.
Muxlisa Shamsiddinova Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi uy bekasi, 1976-yilda tug‘ilgan Aida Olloberganovaning ishonchini suiiste’mol qilib, gaz idorasidan qarzini to‘lab berish bahonasida, undan bir dona og‘irligi 2,5 gramm bo‘lgan tilla bilaguzugini qo‘lga kiritgan.
Hozirda Muxlisa Shamsiddinovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan keltirilgan ism va familiyalar o‘zgartirilgan, har qanday o‘xshashliklar tasodifiy xarakterga ega.